Aleks klubini o'zgartirishi mumkin.
"Liverpul" yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlenni 10 million yevroga sotmoqchi. Bu haqda Liverpool Echo xabar bermoqda. Oldinroq futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qolgani haqida xabar berilgandi.
28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Oksleyd-Chemberlen uchta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 18 million yevroga baholanmoqda.