Mankunianliklar hujumni kuchaytirishni kutishmoqda.
"Aston Villa" hujumchisi Denni Ings yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaga ko'ra, "Aston Villa" 29 yoshli hujumchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi. Hujumchiga “Manchester Yunayted”dan tashqari “Arsenal”, “Sautgempton”, “Bornmut” va “Brayton” klublari ham qiziqish doirasiga kiradi.
Ingz o‘tgan mavsumda jamoasi safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi yettita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.