Va bu Zidan emas.
Fransiyaning PSJ klubi tez orada Kristof Galtier bosh murabbiy etib tayinlangani haqida elon qiladi. Mutaxassis ayni damda «Nitstsa»da xuddi shunday lavozimda ishlab kelmoqda. Get French Football News mutaxassisning Fransiya chempionlari lageriga o'tishi haqida yozdi.
Avvalroq parijliklar boshqaruvi uchun asosiy nomzodlardan biri sanalgan Zinedin Zidan Fransiya chempionidan bosh tortgandi. Jamoaning amaldagi ustozi - Maurisio Pochettino poytaxt klubini tark etadi.
“PSJ” o‘tgan mavsumda muddatidan avval Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq parijliklar 1/8 final bosqichida Chempionlar ligasidan chiqib ketishdi.