Ispaniyalik futbolchi klubni tark etish niyatida.
"Chelsi" "Vulverxempton" vingeri Rayan Ait-Nurini sotib olmoqchi. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi "Chelsi"ni tark etish niyatida bo'lgan Markos Alonsoning o'rniga futbolchi sifatida ko'rilmoqda. Ayt-Nuri ham «Manchester Siti» qiziqishlari doirasiga kiritilgan.
O'tgan mavsumda qanot himoyachisi jamoasining 27ta o'yinida ishtirok etdi. Futbolchi bir gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.