"Shporlar" daniyalik futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor.
"Brentford" yarim himoyachisi Kristian Eriksen tez orada erkin agentga aylanadi va o'zining bo'lajak klubini tanlashi mumkin bo'ladi.
"Tottenxem" klubi 30 yoshli futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi Nikolo Skira.
Bu qarorning tashabbuskori shaxsan “shporlar” bosh murabbiyi Antonio Konte edi. Tomonlar shaxsiy shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashdi.
O'tgan mavsumda Kristian Eriksen "Brentford" safida Premer-ligada 11 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.
Qayd etish kerakki, yarim himoyachi 2013 yildan 2020 yilgacha “Tottenxem” safida to‘p surgan, shundan so‘ng “Inter”ga o‘tgandi.
Avvalroq, Eriksenga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.