Parijliklar hujum guruhiga yana bir futbolchini qo'shib olmoqchi.
«PSJ» «Sassuolo» hujumchisi Janluka Skamakka bilan shartnoma imzolashga tayyor. Bu ma'lumotni nufuzli jurnalist Janluka Di Marsio tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "PSJ" Skamakka transferini so'ragan. Parijliklar Neroverdi uchun yosh forvard uchun 35 million yevro+bonus to‘lashga tayyor. "Sassuolo" esa o'z navbatida Skamakka uchun 50 million evro tovon puli talab qilmoqda.
2021/2022 yilgi mavsumda Janluka Skamakka A Seriyada 36 ta o'yin o'tkazdi. U 16 ta gol urdi.