Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » "Bavariya" Mane bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

"Bavariya" Mane bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Автор: admin


"Liverpul" bilan muzokaralar yakuniy bosqichda.

"Liverpul" vingeri Sadio Mane tez orada "Bavariya" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli senegallik nemis klubi bilan 3 yillik shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan.

Shuningdek, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda ekanligi qayd etilgan - yaqin orada "Bavariya" "Liverpul" uchun yangi taklif bilan chiqadi. Shartnoma taxminan 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

O'tgan mavsumda Mane 50 o'yin o'tkazib, 23 gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan.
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Bundesliga Germaniya chempionati turnir jadvali Bundesligadagi so'ngi yangiliklar Germaniya super kubigi Germaniya kubigi Bundesliga klublari Bavariya Borussiya RB Leyptsig lewandowski Muller Sane Sule Holland Manuel Noyer Mark Roys