Goal24.uz » O'zbekiston » Timur Kapadze: Yaponiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi

Timur Kapadze: Yaponiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi

Автор: admin


U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi O'zbekiston – Yaponiya (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida vakillarimiz ustozi Timur Kapadze qatnashdi. "Birinchi navbatda, butun O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman! Qiyin o'yin bo'ldi. Finalga chiqdik. Qisqa vaqt ichida Yaponiyaning o'yinlarini o'rganib chiqdik. Ko'rganingizdek, yigitlar bugun har taraflama iroda ko'rsatishdi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular borlarini berishdi. Bu barchamizning g'alabamiz. Tabriklayman!", – dedi Kapadze. 
- Jamoa Yaponiyani nimaning hisobiga mag'lub etdi deb o'ylaysiz? 
- Hamma sirlarni ocha olmaymiz. Barchasi taktik ishlanmalardan kelib chiqib sodir bo'ldi. Biz shu orqali ularni mag'lub etishga erishdik.
- Bugun o'zbekistonlik muxlislar stadionga kiritilmadi. G'alabada jurnalistlar ham qaysidir manoda hissa qo'shishdi. Nima deysiz?
- Muxlislarning kiritilish-kiritilmasligi kecha ham noaniq edi. Ammo afsuski, ularsiz o'yin o'tkazdik.  Muxlislar bilan o'ynasak, yanada yaxshi bo'lardi. 
Maqsadimiz yuqori edi. SHunchaki yutishimiz lozim edi, chunki o'z uyimizdamiz. Muxlislar uyda va stadion tashqarisida bizni qo'llab-quvvatlashini bilardik.
- Birinchi taymdan keyin hisob 0:0 edi va vaziyatlarimiz ham kam edi. Yigitlarga tanaffusda nimalarni uqtirdingiz?
- Bunaqa o'yinlarni bir o'yin hal qiladi. Ko'rdingiz, birinchi taymda bizda 1-2 ta imkoniyat bo'ldi, Yaponiyada esa umuman vaziyatlar yo'q edi. Biz Yaponiyaning xatolaridan unumli foydalandik. Jaloliddinovning golidan keyin hammasi ijobiy tarafga o'zgardi.
- Timur Kapadze ko'proq "Paxtakor" stadionida o'ynashni xohlaydi, degan mish-mishlar kuzatilgandi. "Bunyodkor" stadioni maysasi haqida fikr bildirsangiz...
- Albatta, ham yarim final, ham finalni "Paxtakor"da o'tkazishni xohlagandik. CHunki maydon holatini ko'rib turibsiz. Yaxshi maydon va havo futbolchilar uchun juda zarur. Dim havo futbolchilarga salbiy tasir qiladi. Futbolchilar maydon og'ir ekanligini aytishadi. "Paxtakor"da hammasi engilroq. Afsuski, OFKning talablari tufayli yarim final "Bunyodkor"da o'tdi. Menimcha, final ham shu erda bo'lib o'tadi.
- O'zbekiston U-23 ikkinchi marta Osiyo Kubogida zafar quchishi mumkin. Bu borada nima deya olasiz? (xorijlik jurnalist savoli) 
- Finalda ekanligimizdan juda ham xursandmiz. Oldimizga eng yuqori maqsadni qo'yganmiz. Nasib bo'lgani bo'ladi. Final bitta o'yindan iborat. Saudiya Arabistoni kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Yoshlarimiz bu turnirda g'olib bo'lgan. Biz ham muxlislarimizni shod etishga astoydil harakat qilamiz. 
- Jamoa finalda Saudiya Arabistoni bilan o'ynaymiz. Oldin bu jamoani Otabek G'ulomxo'jaev boshqargan paytda jamoamiz azolari Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelganda turli noxush holatlar kuzatilgan. Provakaciyalarga uchmaslik uchun yigitlarga nimalarni uqtirasiz?
- Biz o'ziga yarasha xulosa chiqardik. Saudiya Arabistoni saralashda to'qnash kelgandik, u boshqa turnir edi. Undan keyin ko'plab musobaqalarda ro'baro' keldik. Biz bir-birimizni juda yaxshi taniymiz. 
- Ko'pchilik stadionga kiritilmaganini salbiy taraflarini ko'rsatib o'tdi. Buning ijobiy taraflari ham bo'ldimi? CHunki futbolochilar bosim his qilishmadi. O'yin uchun futbolchilarga qanday ko'rsatmalar bergandingiz?
- Birinchi navbatda, turnir boshidan yigitlarga kelayotgan muxlislar bizga yordam berish uchun keladi, deb aytdim. Bosim his qilmasliklarini takidladim, quloqlariga quydim. Ko'rganingizdek, bu foyda berdi. O'ylaymanki, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik.
- Doston Tursunovning holati haqida aytib o'tsangiz... 
- Menimcha, hammasi yaxshi. Oyog'i ozroq tortirishib qoldi, shekilli. Qiyin o'yin bo'ldi, ancha ter to'kishdi. Kichik jarohatlar va sariq kartochkalar ko'payib ketganlar bor. Nasib bo'lsa, hamma futbolchilarimiz salomat bo'lishsin. Bizni muhim o'yin kutib turibdi.
265   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari