Kataloniyaliklar esa Olotdan boshlashadi.
"Barselona" yozgi o'rtoqlik o'yinlari taqvimini rasman e'lon qildi. 13 iyul kuni bo'ladigan birinchi raqib Kataloniyaning "Olot" jamoasi bo'ladi. Jamoa quyi divizionlardan birida o'ynaydi.
Keyingi navbatda "Barselona" AQSh bo'ylab gastrol safarini o'tkazadi. Uning doirasida klub "Inter Mayami", "Real Madrid", "Yuventus" va "Nyu-York Red Bullz" bilan o'yin o'tkazadi.
Rasmiy o'yinlarga tayyorgarlik Gamper kubogi turniri bilan yakunlanadi. 6 avgust kuni "Roma" Barselonaga etib keladi.