"Tovuslar" uchun istiqbolli transfer.
Yarim himoyachi Mark Roka «Bavariya»dan Angliyaning «Lids» klubiga o'tdi. Bu haqda Lids matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Roka “Lids”ga 12 million yevroga tushgan. Bavariyaliklar ham ma'lum bonuslarga haqli.
Mark Roka "Bavariya" tarkibida 24 ta o'yin o'tkazgan. U Germaniyaga kataloniyalik "Espanyol"dan ko'chib o'tdi.