"Atletiko"ning sobiq futbolchisi "Roma"da o'ynashi mumkin.
Il Tempo xabariga ko'ra, Saulga "Roma" qiziqish bildirmoqda. "Atletiko" faxriysi endi Diego Simeonening rejalarida emas.
Shu bilan birga, Joze Mourino kelishuvga ijobiy qaramoqda. Murabbiyning fikricha, Saul jamoaga Italiya chempionati va Yevropa ligasi darajasida yordam bera oladi.
Saul o'tgan mavsumni "Chelsi"da o'tkazdi. Ispaniyalik futbolchi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi va chempionatning eng yomon futbolchilaridan biriga aylandi.