“Avliyolar” futbolchi bilan shartnoma imzolay olishlariga ishonchlari komil.
"Sautgempton" yozgi transfer oynasida "Bavariya" himoyachisi Kris Richardsni sotib olmoqchi. Bu haqda GiveMeSport yozadi.
O'tgan mavsumda futbolchi "Xoffenxaym"da ijara asosida o'ynagandi. Jamoasi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, gol va golli uzatmani amalga oshirgan.
Richardsning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 7,5 million yevroga baholanmoqda.