Chililik vinger 1-ligaga o'tishi mumkin.
"Marsel" joriy yozgi transfer oynasi tarkibini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, “provansliklar” “Inter” vingeri Aleksis Sanchesni maqsad qilgan.
Chililik futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
O'tgan mavsumda u 39 o'yin o'tkazib, 9 gol va 5 golga assistentlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Aleksis Sanchesni sotib olish g'oyasiga qaytdi.