Londonliklar etiboriga Lisandro Martines tushdi.
"Ayaks" va Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Lisandro Martines yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
Devid Ornshteynning so'zlariga ko'ra, futbolchi Londonning "Arsenal" klubining manfaatlari doirasiga tushib qolgan.
Amsterdam klubi «kanonirlar»ning 30 million yevrolik birinchi taklifini rad etgan, ammo londonliklar Martinesdan qaytmaydi.
O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi "Ayaks" safida 36 o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 4 golga assistentlik qilgan.
Oldinroq "Arsenal" "Portu"dan Fabio Vieyrani o'z safiga qo'shib olgandi.