Goal24.uz » O'zbekiston » U-23 Osiyo Kubogi finali uchun “Bunyodkor” stadioni turargohida maxsus monitor o‘rnatiladi

U-23 Osiyo Kubogi finali uchun “Bunyodkor” stadioni turargohida maxsus monitor o‘rnatiladi

Автор: admin


“Bunyodkor” stadioni turargohida muxlislar uchun maxsus monitor o‘rnatiladi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

iTicket kompaniyasining O‘FAga bergan ma’lumotiga ko‘ra, kassalarda kun davomida sotilgan chiptalar ayni vaqtda o‘z yakuniga yetgan. Finalga qiziqish yuqoriligi va stadion barcha xohlovchilarni sig‘dira olmasligini inobatga olib, “Bunyodkor” turargohida futbol muxlislari uchun maxsus monitor o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq U-23 Osiyo Kubogi finaliga chipta sotib olish uchun uzun navbatlar yuzaga kelgani, 25 ming so‘mlik chipta “qo‘lda” 200 ming, markaziy joylar 500 ming so‘mga sotilayotgani xabar qilingandi. O‘FA esa iTicket platformasida texnik nosozlik yuzaga kelgani va yaqin vaqt ichida bu muammo bartaraf etilishi, chiptalar “Bunyodkor” kassasida sotilayotgani ma’lum qilgandi.
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari