Goal24.uz » O'zbekiston » U-23 Osiyo Kubogi—2022. Yaponiya Avstraliya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, 3-o‘rin sohibiga aylandi

U-23 Osiyo Kubogi—2022. Yaponiya Avstraliya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, 3-o‘rin sohibiga aylandi

Автор: admin


Futbol bo‘yicha 2022-yilgi U-23 Osiyo Kubogi 3-o‘rin uchun bo‘lgan bahsda Avstraliya va Yaponiya terma jamoalari 18-iyun, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Kein Sato hisobni ochdi. 39-daqiqada Avstraliya terma jamoasi a’zosi Kay Trevin o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 64-daqiqada Shota Fujio Yaponiyaning navbatdagi goliga mualliflik qilib, g‘alabani ta’minladi.
Shu tariqa Yaponiya U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-o‘rin sohibiga aylandi.

U-23 Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Jamoalar o‘rtasidagi bahs 19-iyun, yakshanba kuni 18:00 da boshlanadi.
U-23 Osiyo Kubogi—2022
3-o‘rin uchun bahs
18-iyun, shanba

Yaponiya U-23 — Avstraliya U-23 3:0


Gollar: 1:0 — 7 Kein Sato, 2:0 — 39 Kay Trevin (avtogol), 3:0 — 64 Shota Fujio.Yaponiya U-23: 12. Sion Suzuki, 2. Riku Handa, 3. Seya Baba, 5. Seiji Kimura, 6. Daiki Matsuoka, 7. Rihito Yamamoto (8. Joel Chima Fujita, 69), 13. Kein Sato (11. Mao Hosoya, 85), 16. Takashi Uchino (17. Hijiro Kato, 85), 19. Kuryu Matsuiki (18. Yuito Suzuki, 69), 20. Shunsuke Mito, 21. Taika Nakashima (9. Shota Fujio, 57).

Avstraliya U-23: 18. Nikolas Bilokapis, 4. Jordan Kortni-Perkins, 5. Jordan Bos, 6. Tirese Francis, 10. Rami Najjarin (7. Lachlan Bruk, 62), 11. Kusini Engi (9. Alo Kol, 62), 13. Kay Trevin (2. Levis Miller, 46), 16. Luis Darrigo (8. Patrik Yazbek, 74), 20. Joshua Ravlins, 21. Bernardo Oliveyra (17. Kemeron Peupin, 46), 22. Tristan Hammond.
Ogohlantirishlar: Riku Handa (54), Yuito Suzuki (74), Tristan Hammond (80), Takashi Uchino (80).
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari