Braziliyalik futbolchi yaqinda Madridni tark etgandi.
"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo erkin agent sifatida "Milan"ga o'tishi mumkin. Bu haqda yetakchi insayderlar xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Marselo "Real"da 15 yilga yaqin to'p surgan. U qirollik klubiga, xususan, xalqaro maydonda kuboklarni yutishda yordam berdi. Marselo "Real" bilan besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
"Milan" o'tgan mavsumda ko'p yillar davomida birinchi marta Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.