Antuan "Barselona" va "Atletiko"ga kerak emas.
Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann Bilbaoning “Atletik” klubiga o‘tishi mumkin. Bu Marselo Bielsa basklarni boshqarsa sodir bo'ladi.
Grizmann o‘tgan mavsumda jamoasi safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi sakkizta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Grizmanning "matraschilar" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan (futbolchi huquqi "Barselona"ga tegishli). Fransiyalik futbolchining transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda.