Ispaniya klubi birdaniga ikkita himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Sevilya" Jyul Kundening ketishiga hozirlik ko'rmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manba bergan xabarga ko'ra, ispan klubi "Korinf"dan Joau Viktor va "Monako"dan Benua Badiashviliga qiziqish bildirmoqda. “Sevilya” Kunde o‘rniga ikki nafar yangi markaziy himoyachini olmoqchi.
Portugaliya klublari Joau Viktorga da'vogarlik qilmoqda, "Yuventus" esa Badiashvilining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, «Monako» o'z futbolchisidan 40 million yevro so'ramoqda.
Qayd etish kerakki, Kundega Londonning “Chelsi” klubi faol qiziqish bildirmoqda.