19 yoshli futbolchi jarohatni jarrohlik yo'li bilan davolashdan bosh tortdi.
Barcelona Noticias xabariga ko'ra, Ansu Fatining ahvoli "Barselona" tibbiyot xodimlarini tashvishga solmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, klub 19 yoshli futbolchi operatsiyadan bosh tortib, jiddiy xatoga yo'l qo'ygan deb hisoblamoqda.
Ansu konservativ reabilitatsiyadan o'tdi, ammo hozir ham u 100% tayyor emas. To'liq operatsiya Fatining chap oyog'idagi muammolarga chek qo'yishi kutilgandi.
O'tgan mavsumda Fati "Barselona" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.