"Qizillar" uzoq muddatga ishlamoqda.
"Aberdin" himoyachisi Kalvin Remzi "Liverpul"ga o'tdi. Bu haqda Enfild Roud klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Transfer tafsilotlari e'lon qilinmaydi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" "Aberdin"ning 18 yoshli futbolchisi uchun 7,5 million yevro to'lagan.
Remzi o‘tgan mavsumda “Aberdin” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va 9ta golli uzatma bor.