Biroq ro‘yxatga Muhammad Saloh kiritilmagan.
"Liverpul" Xarvi Elliott, Jo Gomes, Nabi Keyta va Diogo Jotaga yangi shartnomalar taklif qilmoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Yuqorida tilga olingan futbolchilar bilan yaqin kunlarda muzokaralar boshlanishi kerak. "Qizillar" to'rttasi ham "Enfild Roud"da uzoq vaqt qolishini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, so'nggi kampaniya natijalariga ko'ra, "Liverpul" APLda ikkinchi o'rinni egalladi, Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, shuningdek, Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.