Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi finali doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 19-iyun, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Hamid al-G‘amdi saudiyaliklarni oldinga olib chiqdi.
74-daqiqada Feras al-Baykanning zarbasi golga aylandi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi O‘zbekistonda o‘tgan Osiyo Kubogi g‘olibiga aylandi.[banner_texturta]{banner_texturta}
[/banner_texturta]
U-23 Osiyo Kubogi—2022 Final bahsi
19-iyun, yakshanba O‘zbekiston U-23 — Saudiya Arabistoni U-23 0:2
Gollar: 0:1 – 50 Hamid al-G‘amdi, 0:2 – 74 al-Baykan.
O‘zbekiston U-23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulug‘bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 23. Abdurauf Bo‘riyev. Zaxira: 21. Hamidillo Abdunabiyev, 4. Abubakrrizo Turdialiyev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13. Eldorbek Begimov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Odil Abdumajidov, 16. Shaxzod Toirov, 20. Ruslanbek Jiyanov, 22. Alisher Odilov.
Saudiya Arabistoni U-23: 1. Navaf al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti, 6. Ibrohim Mahnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid al-G‘amdi, 9. Feras al-Baykan, 11. Ahmad al-G‘amdi, 12. Moteb al-Harbi, 13. Hamad al-Yami, 15. Husayn al-Eysa, 23. Saud Abdulhamid.
Комментарии(1)