Himoyachi faoliyati uchun Londonni tark etishga majbur bo'ladi.
Scotsman tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, "Arsenal" futbolchisi Kiran Tirni yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Futbolchi «Manchester Siti» qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Manbaning ta'kidlashicha, 24 yoshli shotlandiyalik futbolchi "Brayton" futbolchisi Mark Kukurelyega muqobil sifatida ko'rilmoqda. Oldinroq “chayqalar” futbolchi uchun kamida 50 million yevro olishni kutayotgani aytilgandi.
O'tgan mavsumda Tierni "Arsenal" libosida 24 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachi bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.