Ko'k-anorranglilar o'ng qanotda raqobatni kuchaytirmoqchi.
"Chelsi" Jonatan Klaus xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Get French Football News.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" 29 yoshli futbolchi uchun taxminan 10 million yevro taklif qilishga tayyor.
Fransiya terma jamoasi futbolchisining “Lans” bilan shartnomasi bir mavsumda yakuniga etadi. "Atletiko Madrid" ham Klausga da'vogarlik qilmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Klaus barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazdi: u 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.