Goal24.uz » O'zbekiston » Timur Kapadze: Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi

Timur Kapadze: Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi

Автор: admin


U-23 Osiyo Kubogi O'zbekiston – Saudiya Arabistoni final uchrashuvidan keyin O'zbekiston bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida
- Bugun g'alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so'rayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.
 
– Bo'rievning o'yin davomidagi harakatlari xususida nima deya olasiz?

- U o'yin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun o'yin qiyin bo'ldi. Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab bo'ldi, bu mag'lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo'lamiz deb umid qilaman.[banner_texturta]{banner_texturta} [/banner_texturta]- CHarchoq borasida
– Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa, finalchilarda. CHunki uzoq yo'l bosib o'tiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi.

Bizning bu jamoani tashkil qilganimizdan asosiy maqsad – Olimpiada. Biz bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan bo'lsak ham, yaxshi natija qayd eta oldik deb o'ylayman. Bu turnir futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan ko'rib oldik. Bolalar zo'r o'ynadi, men ular bilan faxrlanaman.
Bir o'yinda qaysidir futbolchi yaxshiroq o'ynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yanada o'sishimiz kerak.
Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. O'yin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. To'g'ri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi.
441   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari