Goal24.uz » O'zbekiston » Sadd Al SHehri: O'zbekiston bilan o'yindan keyin nimalar dedi

Sadd Al SHehri: O'zbekiston bilan o'yindan keyin nimalar dedi

Автор: admin


U-23 Osiyo Kubogi final bellashuvidan so'ng Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Sadd Al SHehri va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Feras Al Baykan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Jamoamiz va bizning g'alabamizni kutgan barchani muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Bu finalga xos va kutilgan holat. Muxlislar mezbon jamoani ajoyib qo'llab-quvvatlab turdi. SHunday bo'lsa ham, o'yinchilarim oldilariga qo'yilgan vazifani uddalashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman", – dedi murabbiy.[banner_texturta]{banner_texturta} [/banner_texturta]
"Biz uchun juda qiyin bo'ldi. Yutishimiz lozim bo'lgan uchrashuvda oldimizga qo'yilgan maqsadga eta oldik. CHempionlik bilan barcha jamoadoshlarim, murabbiylar va yaqinlarimizni tabriklab qolaman", – dedi futbolchi.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston termasi juda kuchli shakllangan. Mezbonlar Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida ajoyib jamoa tuzgani ko'rinib turibdi. O'z navbatida, biz ham endi bor etiborimizni kelgusi ushbu yosh toifasidagi musobaqaga qaratib, Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlaymiz. 
- Jamoangiz gol o'tkazmay chempion bo'lgani haqida nima deya olasiz?

- Avvalo, bularning barchasi Yaratgandan. Qolaversa, himoyada tartibli va kuchli o'yin namoyish eta oldik. Raqibga qarshi zamonaviy futbolning barcha yo'nalishlari bo'yicha tayyorgarlik ko'ramiz.
617   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari