"Barselona" o'z yetakchisini sotishni arzonlashtirmoqchi emas.
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neves yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, mankunianliklar "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni olib kela olmasalar, futbolchi bilan shartnoma imzolaydilar.
Oldinroq "Barselona" futbolchining transferi uchun belgilangan to'lovlar sifatida 80 million yevro talab qilayotgani xabar qilingandi. «Manchester Yunayted» futbolchini 60 million yevro va turli bonuslar uchun 20 million yevro evaziga sotib olmoqchi.
Ruben Nevesh o‘tgan mavsumda jamoasining 36 ta o‘yinida ishtirok etgan. Futbolchi to'rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.