"Bo'rilar" futbolchini ro'yxatni kuchaytirish sifatida ko'rmoqda.
"Vulverxempton" Lissabonning "Sporting" yarim himoyachisi Matey Nunesga qiziqish bildirmoqda. Ular futbolchini keyingi transfer oynasida taklif qilmoqchi.
Matheus Nunes o'tgan mavsumda jamoasi safida 50 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi to'rtta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nunes transferi 35 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.