"Shporlar" himoyadagi redutlarni kuchaytirmoqchi.
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi himoyachisi Evan Ndika faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato resursi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, frankfurtlik futbolchiga asosiy da'vogar "Tottenxem" bo'lib turibdi. Transfer 32 million yevroga baholanmoqda.
Ndika o'tgan mavsumda 44 ta o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 4 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. Evan "Ayntraxt"ga Evropa ligasida g'alaba qozonishga yordam berdi.