Urugvaylik futbolchi avvalroq MYUni tark etgandi.
Yulduzli hujumchi Edinson Kavani Radamel Falkao bilan birlashib, Ispaniyaning “Rayo Valyekano” klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli nashri yozmoqda.
Avvalroq Kavani «MYu» bilan hamkorlikni tugatib, «Old Trafford»ni tark etgandi. Rayo uni erkin agent sifatida olishi mumkin.
Edinson hozir 35 yoshda. “Manchester Yunayted”ga qadar u Fransiyaning “PSJ”, “Napoli” va “Palermo” klublarida o‘ynagan.