Londonliklar braziliyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Chelsi" Antonio Ryudiger "Real"ga ketganidan keyin himoya chizig'ini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, London klubi Madrid klubi himoyachisi Eder Militaoni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.
O'tgan mavsumda Militao 50 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Militao "Real" bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirishi haqida xabar berilgandi.