Pol Turinga qaytadi.
Bugun, 23 iyun kuni "Yuventus" yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Yaqin vaqt ichida Pogba "Yuventus" bilan tuzilgan mehnat shartnomasining yakuniy tafsilotlarini kelishib olishi kerak. Manbaga ko'ra, shartnoma kamida uch mavsumga mo'ljallangan.
Qo'shimcha qilamizki, Pogba "Yuventus"ga erkin agent sifatida qaytadi. Avvalroq u “Manchester Yunayted” bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelishmagandi.