Serblar yangi jamoa topdilar.
"Fiorentina" "Real" hujumchisi Luka Yovichni ijaraga oldi. Bu haqda insayder jurnalist Nikolo Shira xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, klublar allaqachon Yovichning maoshini to‘lash shartlarini kelishib olishgan. Lukaning maoshining 50 foizini "Fiorentina", "Real Madrid" esa 50 foizini to'laydi.
Yovichning o'zi allaqachon "Fiorentina"ga o'tishga rozi bo'lgan. "Violetlar" serbiyalik hujumchini 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishlari kutilmoqda.