Frantsiyalik vinger klubini o'zgartirmaslikka qaror qildi.
"Barselona" vingeri Usmon Dembele uzoq vaqtdan beri o'zining karyerasi haqida o'ylamoqda.
As xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Usmon Dembelening "Barselona" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi.
2021/22 yilgi mavsumda Dembele Kataloniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazdi: u 2 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Xavi Dembele bilan shartnomasini uzaytirish uchun oxirigacha kurashadi.