Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Grizmanni transferga qo‘yadi, uning narxi tushirildi

«Barselona» Grizmanni transferga qo‘yadi, uning narxi tushirildi

Автор: admin


«Barselona» klubi jamoa hujumchisi Antuan Grizmann bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, «Barselona» klubi yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli katalon klubi katta xarajatlarga qo‘l ura olmaydi. Shu bois klub xarajatlarining asosiy qismini Filippe Koutinoning ijarasi va Antuan Grizmanning sotuvi orqali qoplamoqchi.
Klub rahbariyati fransiyalik futbolchi uning uchun sarflangan mablag‘ oqlamadi, degan fikrda. «Barselona» hujumchini yozgi transfer oynasida 100 million yevroga sotishga tayyor. 
Ma’lumot uchun, «Barsa» Grizmanni «Atletiko»dan 120 million yevroga sotib olgan edi. Futbolchi ushbu mavsumda La Liga doirasida 26 o‘yinda 8ta golga mualliflik qilgan.


50     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *