Bu yozda yuqori darajadagi transferni kutishimiz mumkin.
Britaniyaning nufuzli The Athletic nashri xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu Londonning “Chelsi” klubiga o'tishi mumkin. Yulduzli portugaliyalikning xizmatlariga shaxsan "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel qiziqmoqda.
Ayni damda “Manchester Yunayted”ning pozitsiyasi shundan iboratki, “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi sotilmaydi, biroq “aristokratlar” muzokaralarda qatnashib, jahon futboli afsonasi bilan shartnoma imzolashdan umidvor. Londonliklar xo'jayini Todd Boley va Krishtianuning agenti Xorxe Mendes o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Shuningdek, bugun Ronaldu oilaviy sabablarga ko'ra "mankunianliklar" mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Britaniya matbuoti yozganidek, bunday qadamlari bilan u bir yil avval qaytgan klubini tark etish istagini ko'rsatmoqda.