Yarim himoyachi yangi klub tanladimi?
"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Isko "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda.
Isko hozirda erkin agent hisoblanadi. Avvalroq u "Real" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagandi.
Isko "Roma" bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Sobiq yarim himoyachi “qaymoqranglilar”ning transferi kelasi hafta elon qilinishi kutilmoqda.