Nemis yarim himoyachisi yozda klubini almashtirishi mumkin.
CBS Sports jurnalisti Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, Serj Gnabriga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda, "Arsenal" esa vaziyatni kuzatib bormoqda.
Bu Gnabrining London klubining short-listida ekanligini anglatmaydi, ammo "kanonirlar" "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"ning bu yo'nalishdagi harakatlarini kuzatib borishmoqda.
Agar bu klublardan biri Serjning transferi ustida ish boshlasa, u holda "Arsenal" kurashga qo'shilishga tayyor.
Gnabrining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.