"Bolg'achilar" istiqbolli futbolchi bilan shartnoma imzolashdi.
"Suonsi"ning 23 yoshli yarim himoyachisi Flinn Dauns "Vest Xem" bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Jamoalar 10 million evro tovon puli to'lashga rozi bo'lishdi. Daunning asosiy pozitsiyasi - markaziy yarim himoyachi.
Futbolchi bungacha Premer-ligada o'ynamagan. Dauns Deklan Raysning dublyori bo'lishi kerak.