Londonliklar tarixiy transferni rejalashtirmoqda.
Nufuzli manbaning xabariga ko'ra, «Manchester Siti» va «Chelsi» o'rtasidagi muzokaralar yakuniga yetgan. Futbolchi uchun “shaharliklar” 53 million yevro olishadi.
Rahim Sterling shaxsiy shartnoma shartlarini qabul qildi. Futbolchi Tomas Tuxel tizimida markaziy o'rin egallaydi. "Manchester Siti"da Sterlingning asosiy jamoa uchun kafolati ham yo'q.
Kelishuv kelasi hafta oxirida e'lon qilinishi kutilmoqda.