Jastin Angliyada o'ynashi mumkin.
Italiya OAVlarining yozishicha, «Roma» hujumchisi Jastin Klyuyvert Angliya premer-ligasi klublaridan biriga qiziqmoqda. Gap Londonning “Vest Xem” klubi haqida ketmoqda.
23 yoshli gollandiyalikning rimliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 15 million yevroga baholanmoqda.
Klyuyvert o'tgan mavsumda "Nitstsa"da ijara asosida o'ynadi. Gollandiyalik futbolchi jamoasi uchun 31 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.