Pauloga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
"Manchester Yunayted" Paulo Dibala bilan muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralar ilg'or bosqichda.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" va "Inter"ning Dibalaga qiziqishi sezilarli darajada kamaydi. "Milan" ham argentinalik hujumchi bilan shartnoma imzolash fikridan voz kechdi. “Manchester Yunayted” – eng real variant.
Shunday qilib, Paulo Krishtianu Ronaldu bilan yana birlashishi mumkin. Ilgari ikkalasi ham Turinning “Yuventus” klubida o‘ynashgan.