Yakshanba kuni rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bir nechta nufuzli insayderlar kelishuv tasdiqlanganligini da'vo qilmoqda. Sterling allaqachon "Manchester Siti" bilan maxsus shartnoma imzolagan.
Rahim “5+1” sxemasi bo'yicha shartnoma imzoladi. Bu Premer-liga uchun juda kam uchraydigan holat. Bonus yili muayyan shartlar bajarilganda faollashtiriladi.
27 yoshli futbolchi «Chelsi»ga 50 million funtga tushadi. Sterling "Manchester Siti"da 7 yil o'ynadi.