Tomonlar ikki yillik shartnomaning deyarli barcha shartlariga kelishib oldilar.
"Barselona" vingeri Usmon Dembelening kelajagi haqidagi doston nihoyasiga yetayotganga o'xshaydi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishgan va bo'lajak kelishuvning yakuniy shartlari ustida ishlamoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchi “Barselona”da qolishga rozi bo‘lgan va yangi shartnoma imzolash uchun Kataloniya klubidan “yashil chiroq” yonishini kutmoqda.
O'tgan mavsumda Usmon Dembele ko'k-anorranglilar safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Dembele maoshi 40 foizga qisqartirilgan holda Barselonada qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.