Portugaliyalik futbolchi uchun kechgan kurashda “qizil-ko‘klar” g‘alaba qozonishdi.
«PSJ» «Lill» yarim himoyachisi Renatu Sanches bilan shartnoma imzolaganini elon qilmoqchi. Bu haqda Portugaliya matbuoti xabar bermoqda.
Kelishuvning barcha tafsilotlari allaqachon kelishib olindi. «PSJ»dan tashqari «Milan» faol ravishda Sanchesga da`vogarlik qildi.
2021/2022 yilgi mavsumda Renato Liga 1da "Lill" tarkibida 25 ta o'yinda maydonga tushdi. U 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.