Reyting yetakchisi 331 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Mirror Football nashri 21-asrning eng yaxshi passeriga aylangan 40 nafar futbolchining reytingini tayyorladi. Kaft Lionel Messiga tushdi.
«PSJ» hujumchisi 331 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Manchester Yunayted"da to'p surayotgan Krishtianu Ronaldu esa 273 ta pas bilan ikkinchi o'rinda. Kuchli uchlikni "Yuventus"ning yangi futbolchisi Anxel Di Mariya yopdi, qanot himoyachisi 252 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Reytingdan “Zenit”ning sobiq futbolchisi ham joy oldi. Braziliyalik Xalk 189 golli uzatma bilan 18-o'rinda edi.