Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «PSJ» yozda 11 nafar futbolchisini sotishga tayyor

«PSJ» yozda 11 nafar futbolchisini sotishga tayyor

Автор: admin


Ular orasida Ikardi, Veynaldum, Paredes va boshqalar bor.

«PSJ» yozda 11 futbolchidan qutulishga tayyor, deb xabar bermoqda Get French Football News Le Parisien nashriga tayanib.

Manba bergan xabarga ko'ra, parijliklarning transferlarida ishtirok etayotgan Anteru Enrike va Lui Kampush klub bilan xayrlashmoqchi bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzgan.

Uning tarkibiga himoyachilar Lyuen Kurzava, Abdu Diallo, Tilo Kerer, yarim himoyachilar Leandro Paredes, Danilo Pereyra, Idrissa Gueye, Ander Errera, Jorginyo Viynaldum, Erik Ebimbe va Yulian Draksler, shuningdek, hujumchi Mauro Ikardi kirdi.

Bundan tashqari, «PSJ» Neymar va Presnel Kimpembeni sotishga tayyor, ammo bu ijrochilarning kelajagi bir qancha omillarga bog'liq.

Avvalroq Shkrinyar «PSJ»ga o'tishga yaqin ekani xabar qilingandi.
125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Fransiya chempionati Liga 1 turnir jadvali Fransiya chempionati yangiliklari derbilar fransiya klublari Fransiya kubigi Fransiy super kubigi PSJ haqida yangiliklar Lion klubi haqida ma'lumotlar Lill klubi haqida yangiliklar Messi Ramos Mbappe Neymar Ikardi Hakimiy