Britaniya OAVlariga ko'ra.
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" "Sautgempton" himoyachisi Kayl Uoker-Pitersni sotib olmoqchi. Ular futbolchini keyingi transfer oynasida sotib olmoqchi.
Manbaning ta'kidlashicha, klublar 25 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelishgan. Ammo qanot himoyachisi transferi bo'yicha hali hech kim so'rov bilan chiqqani yo'q.
O'tgan mavsumda Kayl Uoker-Piters Premer-ligada 32 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoya chizig'i futbolchisi uchta gol urdi.