London klubi Premer-ligaga qaytish oldidan kuchayib bormoqda.
"Fulxem" Andreas Pereyra bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Braziliyalik futbolchi 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Pereyra "Manchester Yunayted"ga yoshligida qo'shilgan. U klubdagi debyutini 2014 yilda o'tkazgan. SHu bilan birga u uzoq vaqt rotatsiya o'yinchisi maqomida bo'lib, asosiy tarkibga kirmadi.
So'nggi bir necha mavsumda u "Latsio" va "Flamengo"da ijara asosida o'ynagan. 26 yoshli futbolchi 2018 yilda bir marta Braziliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.